«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Sarri Angliya Chempionati 34-turidan o'rin olgan «Liverpul»ga qarshi o'yindan oldin raqib haqida iliq fikrlar bildirdi.
«Liverpul» ayni damda Angliyaning eng kuchli klublaridan biri, shu sabab kuchli to'rtlikka kirish uchun bizga kerak bo'ladigan ochkolarni «Enfild»da qo'lga kiritishimiz oson bo'lmaydi. Shunday bo'lsa-da, biz g'alaba uchun kurashamiz.
Ayni damda «Chelsi»ning jismoniy va ruhiy holati juda yaxshi. «Liverpul» chempionlik uchun kurashmoqda, shu sabab ular katta bosim ostida. Chempion bo'lishni istagan jamoa uzoq vaqt bosim ostida o'ynashga ham odatlanishi kerak. Bosimning zararidan foydasi ko'proq», - deydi Sarri.
«Liverpul» – «Chelsi» o'yini bugun, 14- aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi. «Liverpul» ayni damda 82 ochko bilan Premer-Ligada yetakchilik qilmoqda. «Chelsi» hisobida 66 ochko bor va londonliklar 4-o'ringa joylashishgan.