Belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar "Chelsi"dan "Real"ga ko'chib o'tdi. Bu haqda Madrid klubi ma'lum qildi.
"Real" 28 yoshli xavbek bilan 2024- yilga qadar shartnoma imzolagani haqida e'lon qildi.
Azarning taqdimot marosimi 13- iyun kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Eden yangi jamoasida 7-raqamli libosda o'ynaydi.
Avvalroq, "Chelsi" Azar transferini "Real"ga 130 mln funtga sotishi kutilayotgan edi.
Ma'lumot o'rnida, Azar "Chelsi"da 7 mavsum o'ynadi. Shu vaqt davomida u ikki marta Angliya chempioni, mamlakat kubogi va Angliya liga kubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Eden Azar "Chelsi" futbolchisi sifatida ikki marta Yevropa ligasida g'olib chiqdi.