Menxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachi Andreas Kristensen kelajagi haqida fikr bildirdi. Daniyalik futbolchining transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo'lib, nemis klubi safida ijara asosida to'p surmoqda.
"Kelajagim borasida hech qanday aniq gap ayta olmayman. Mening kelajagim "Chelsi"ning qo'lida. Har safar mendan shu haqida so'rashganda faqat bir xil javob berishim mumkin.
Men bu haqida hatto gapirishni ham istamayman. O'zimni yanada baxtli his qilish mumkin bo'lgan boshqa joyni bilmayman. Menga har ikki klub ham yoqadi va ularni o'zaro taqqoslashni istamayman", - deydi Kristenssen.