Xabaringiz bor Frenk Lempard kecha "Chelsi" bosh murabbiyi sifatida rasman e’lon qilingan edi.
“Aristokratlar” rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda 41 yoshli mutaxassis o‘zining murabbiylar shtabini tasdiqladi. Unga ko‘ra Jodi Morris, Kris Jons, Jo Edvards va Eddi Nyutolar Lempardga yordam berishadi.
Ma’lumot uchun, Jodi Morris va Kris Jonslar o‘tgan mavsum "Derbi Kaunti"da Lempard bilan birga faoliyat olib borishgan bo‘lishsa, Jo Edvards va Eddi Nyutolar “Chelsi” akademiyasida ish olib borishar edi.
Eslatib o‘tamiz, Frenk Lempard faoliyatining 13 yilini (2001-2014) aynan “Chelsi”ga bag‘ishlagan.