Germaniyaning «Gerta» klubi futbolchisi Salomon Kaluga APLdan takliflar tushmoqda.
Kicker nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Londonning «Vest Xem» klubi 34 yoshli ivuarlik futbolchi bilan shartnoma tuzmoqchi.
Kalu «Gerta» klubidagi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi, shu sababli jamoani tark etish niyatida yuribdi.
Kalu avval «Feyenoord», «Chelsi» va «Lill» klublarida faoliyat olib borgan.