"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning ikki transfer maqsadlari malum bo'ldi.
Tuxel yozda Erling Xoland ("Borussiya", Dortmund) va David Alaba ("Bavariya")ni o'z jamoasiga qo'shib olmoqchi.
Qayd etish kerakki, Alaba yozda erkin agentga aylanadi, shu sabab u "aristokratlar"ga tekinga tushadi. Londonliklar Xoland uchun katta mablag' sarflashlariga to'g'ri keladi, sababi o'yinchining "Borussiya" bilan uzoq muddatli shartnomasi bor.
"Chelsi" APLda 20 turdan so'ng 30 ochko jamg'argan holda, jadvalning 8-o'rnida bormoqda.