«Aston Villa» rahbariyati «Chelsi»ning tajribali yarim himoyachi Ross Barkli transferi bo'yicha so'rovlariga javob qaytarmayapti.
27 yoshli futbolchi «Aston Villa»da zo'r o'ynayotgani bois, "Sherlar" Barklini qo'yib yubormoqchi emas va shu bois, ular «Chelsi» bilan muzokara o'tkazishdan bosh tortdi.
«Aston Villa» Ross Barkli masalasini mavsum yakunlangach, yozgi transferlar vaqtida hal qilishni istamoqda. O'shanda bu futbolchi uchun boshqa jamoalardan ham manfaatli takliflar bo'ladi.
Ross Barkli joriy mavsumda Angliya Premer-Ligasida 12 ta uchrashuv o'tkazib, raqiblar darvozasini uch marta aniq nishonga oldi.