«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel APLning 22-turidan o'rin olgan «Tottenhem»ga (1:0) qarsh bahsdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Agar siz yangi bilimlarni istasangiz, har qanday yangi tajriba oldinga tashlangan qadamdir. Birinchi bo'limda o'yinni to'liq nazorat qildik, yuqori darajada harakat qildik. Ehtimol, ikkinchi taymda o'zimizga bo'lgan ishonchni biroz yo'qotdik, to'pdan ko'p ayrildik. Ammo o'yin darajasi tushib ketmadi. Qiyinchiliklar bo'lsa, demak, bunga tayyormiz.
Hujumda qotillik instinktini yorqinroq namoyon qilib, o'yin natijasini oldindan hal etsak bo'lardi. Jarima maydonchasi ichida qat'iyat yetishmadi. Gap nafaqat taktika, balki o'yin uslubimizga ham tegishli.
Safardagi muhim g'alaba, bundan mamnunman. Futbolchilar bor kuchlarini berishdi. Dadillik bilan oldinga o'tdik va yakunda g'alaba qozondik», – deya Tuxelning so'zlarini keltiradi VVS.