«Chelsi»ni qabul qilib olgan Tomas Tuxel klub xo'jayini Roman Abramovichdan Erling Xoland transferini so'ragan edi. Klub rahbari uning bu istagini ro'yobga chiqarishga rozi bo'ldi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Roman Abramovich Xolandning transferi uchun kerakli summasini ajratishga qaror qilgan. «Borussiya D» norvegiyalik hujumchi uchun 100 million evrodan ko'proq badal puli talab qilishi aytilmoqda.
O'z navbatida, Abramovich bu transfer amalga oshishi uchun jamoa mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashini va Evropa Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishini talab qilmoqda.
Erling Xoland bir yil avval Dortmundga ko'chib o'tganidan beri «Borussiya» safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 37 marta aniq nishonga oldi.