«Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho yozda Dortmund klubini tark etishi kutilmoqda.
Sport1'ning yozishicha, Dortmund klubi rahbariyati moliyaviy muammolari sababli yozda Sanchoni transferga qo'yishi deyarli aniq. 20 yoshli angliyalik vingerga «Manchester Yunayted»dan tashqari «Chelsi» ham kurashga qo'shilgan. Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel sobiq jamoasidan ushbu futbolchini sotib olish imkoniyatlarini rahbariyat bilan muhokama qilgan. Londonliklar Sancho uchun «MYU» bilan kurash olib borishi kutilmoqda.
O'tgan yozda «Borussiya» Sancho uchun «MYU»dan 120 million yevro so'ragan bo'lsa, qishda narxni pasaytirishga rozi bo'lgandi.
Ma'lumot uchun, Sancho Bundesliga joriy mavsumida 17 o'yinda 3ta gol, 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.