«Chelsi»ning sobiq himoyachisi Jon Terri jamoa yarim himoyachisi Meyson Maunt haqida fikr bildirdi.
«Meyson Maunt kelajakda «Chelsi» sardori bo'ladi. 100 foiz. Rostini aytsam, u – jamoaning ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi. Maunt – mashg'ulotlarda tinmay ishlaydigan ajoyib yigit.
Unda «Chelsi» qoni bor va u yetakchilikni namoyish qilmoqda. U kelajakda Angliya milliy jamoasi va «Chelsi»ning sardori bo'lishiga ishonaman», – deydi Terri «instagram»dagi sahifasida.
22 yoshli xavbek bu mavsumda APLda 22ta o'yin o'tkazib, 3ta gol va 3ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.