Londonning «Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim himoyachi Kay Xaversning Angliyaga moslashish jarayoni haqida gapirdi.
«O'yinchilarning klub almashtirish jarayoni hammada har xil bo'ladi. Bazan yangi muhitga moslashish uchun ko'p vaqt talab qilinsa, bazilar juda tez moslashib ketishadi.
Biz qila oladigan yagona ish — uni qo'llab-quvvatlash. U nimalarga qodirligini allaqachon isbotlagan. Kayni aqlli, kamtar va istedodli yigit sifatida taniyman. Xavers tez orada o'zini ko'rsatishiga ishonaman» - dedi germaniyalik mutaxassis.