Germaniyalik mashhur mutaxassis Ralf Rangnik Tomas Tuxel bilan bog'liq o'tmishi haqida fikr bildirib o'tdi.
«Tuxel murabbiy bo'lgani uchun menga rahmat aytsin. U mening «Ulm»dagi o'yinchim edi. Tomas professional futbolni tizzasidagi kutilmaganda olgan jarohati sabab davom ettira olmagan.
Men uning dastlabki faoliyatini U-15 jamoasida boshlashiga katta yordam berganman. U hatto murabbiy bo'lishni hayoliga ham keltirmagan edi. Tomas Shtutgartdagi turli barlarda ishlab yurardi», — deydi Rangnik.
Eslatib o'tamiz, «Borussiya» va «PSJ» klublarida ishlagan Tuxel hozirda «Chelsi»ni boshqarib kelmoqda.