«Chelsi»ning marokashlik yarim himoyachisi Hakim Ziyesh klubni tark etmoqchi, deya xabar beradi Corriere dello Sport.
Yarim himoyachi o'zini faqat zaxira futbolchisi sifatida ko'rmoqda. Shu sababli Ziyesh yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirmoqchi. Unga «Yuventus» va «Milan» jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Agar London jamoasida yarim himoyachining mavqeyi yaxshilanmasa, Italiya gigantlari ushbu vaziyatdan foydalanib, Hakimni o'z klublariga jalb qilmoqchi.
Ma'lumot o'rnida, Ziyesh 2020/2021 yilgi mavsum «Chelsi» ishtirokidagi barcha musobaqalarda 19 o'yin o'tkazib, 2 gol va 3 golli uzatma muallifiga aylangan.
Eslatib o'tamiz, «Aristokratlar» Ziyeshni 2020- yil yozida «Ayaks» dan 40 yevro evaziga sotib olishgan edi.