«Chelsi» hujumchisi Timo Verner APLning 24-turidan o'rin olgan «Nyukasl»ga (2:0) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Germaniyalik forvard ushbu bahsda to'p kiritdi va yana bir golga assistentlik qildi.
«Birinchi bo'limda juda yaxshi formada edik va ajoyib harakat qildik. Nihoyat, gol urganimdan xursandman. Oldinda uzoq yo'l bor. Lekin shu ruhda o'ynashda davom etsak, yaxshi natijaga erishamiz.
Hujumchi sifatida har doim gol urishni istayman. O'tgan oy qiyin bo'ldi. To'p kirita olmaganimdan xafa bo'ldim. Ammo futbol – jamoaviy sport. Muhimi – g'alaba. Jamoaga paslar berib, gol urganimdan mamnunman.
Foydalana olmagan vaziyatlarim ko'p bo'ldi, jamoadoshlarim men uchun imkoniyatlar yaratib berishdi. Agar shu ruhda harakat qilsam, gollar ham assistlar kabi ko'payadi.
Kuchli to'rtlikka kirish juda muhim. Mavsum boshida favoritlardan biri edik. So'nggi ikki oyda ochkolar yo'qotdik. «Siti» va boshqa klublar bilan o'rtadagi farqni qisqartirish uchun ko'p ishlash kerak. Oson bo'lmaydi, ammo qo'sha olamiz», – deya Vernerning so'zlarini keltiradi VVS.