«Real» klubi «Chelsi» futbolchilari uchun kurashda «Barselona»ga raqobat ko'rsatadigan bo'ldi.
"Qirollik klubi" mamlakatdagi asosiy raqobatchisi – «Barsa» kabi "Aristokratlar"ning tajribali yarim himoyachilari – Hakim Ziesh va Kristian Pulishichni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Bu o'yinchilarning «Chelsi»dagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Vaziyatdan ispan grandlari foydalanib qolmoqchi.
«Chelsi» esa maoshga ajratilgan byudjetni tejab qolish uchun asosiy tarkib o'yinchilaridan bir nechtasini yozda transfer qilishni rejalashtirmoqda.