«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel APLning 25-turidan o'rin olgan «Sauthempton» (1:1) bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«To'pga egalik qildik, ammo raqib darvozasiga 20 metr masofa qolganida sifatli harakatlar yetishmadi. Noto'g'ri qarorlar qabul qildik. To'pni juda qattiq yoki kuchsiz tepdik. Umuman olganda xavfli va aniq o'ynay olmadik.
Kante ajoyib harakat qildi, Kovachich ham. Qarshi hujumlarda tezligimizdan foydalanishimiz kerak, aks holda gol urish qiyin bo'ladi.
Hadson-Odoini (yarim himoyachi ikkinchi bo'limda maydonga tushib, 76-daqiqada almashtirildi) zaxiraga olganim? Menga uning fidoyiligi, o'yinga munosabati yoqmadi. Shuning uchun uni almashtirishga qaror qildim. Bilaman, futbolchilarga bunday holatda oson emas. Lekin ertaga hammasi ortda qoladi. Kallum «Atletiko»ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlash uchun barcha imkoniyatlarga ega», – deya Tuxelning so'zlarini keltiradi VVS.