«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel YECHL 1/8 finalidan o'rin olgan «Atletiko»ga (1:0) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Fantastik natija. Ajoyib gol. Munosib g'alaba. Raqib maydoni tomonda ustunlik qilishni, konsentratsiyani yo'qotmaslikni, oddiy xatolardan qochishni va ularning tezkor qarshi hujumlarini to'xtatishni istadik. Bu juda intizomli o'yin edi – «nol»ga mos bahs. Tirishqoqlik va jamoaviy harakat katta g'alabaga asos bo'ldi.
«Atletiko» himoyani yopishi mumkinligini bilardik. Yigitlarga agar shunday bo'lsa, bu bizning darajamizdan darak ekanligini tushuntirdik. Raqibning nafas olishiga va qarshi hujum boshlashiga yo'l qo'ymadik. Bu natija katta mukofotdir. Chunki «Atletiko» himoyasidan o'tish – eng katta muamolardan biri», – deya Tuxelning so'zlarini keltiradi VVS Sport.