«Chelsi» APLning 27-turida «Everton»ni (2:0) mag'lub etdi.
Shu tariqa London klubining Tomas Tuxel kelganidan so'ng boshlangan mag'lubiyatsiz seriyasi 9ta o'yinga yetdi. Tuxel ushbu ko'rsatkich bo'yicha Premer-liganing debyutant murabbiylari orasida 3-ko'rsatkichni qayd etmoqda. Ammo germaniyalik mutaxassisda rekordni yangilashga imkon bor.
Bu borada eng yaxshi ko'rsatkich Mauritsio Sarriga (2018/19 yilgi mavsumda «Chelsi» bilan 12 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya) tegishli. Undan keyingi o'rinni Sitv Klark (1994/95 yilgi mavsumda «Nottingem Forest»da 11 o'yin) egallab turibdi.