«Chelsi» Premer-liganing 27-turida «Everton» (2:0) ustidan g'alaba qozondi.
Londonliklar yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel qo'l ostida chempionatdagi dastlabki 5ta uy o'yinida gol o'tkazishmadi. Germaniyalik mutaxassis ushbu natija orqali APLdagi debyutant murabbiylar rekordini o'rnatdi.
Avvalroq jamoa «Vulverhempton» (0:0), «Byornli» (2:0), «Nyukasl» (2:0) va «MYU»ga (0:0) qarshi bahslarda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi.
Shuningdek, «Chelsi» barcha turnirlar doirasida so'nggi 4 o'yindan beri to'p o'tkazmayapti.