«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel YECHL 1/4 finalidan o'rin olgan «Portu»ga (2:0) qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Qiyin daqiqalarni boshdan kechirdik. Ammo buni to'g'ri qabul qildik. Jamoa yaxshi kayfiyatda edi, yakunda ajoyib natijaga erishdik.
Jamoa «Vest Brom»dan (2:5) uchralgan mag'lubiyatga to'g'ri munosabatda bo'lishiga ishonardim. Bu borada menda alohida tashvishlar bo'lgani yo'q. Futbolda mag'lubiyatdan keyin g'alabalarga qaytish – eng muhim sinov.
Birgalikda ko'plab ajoyib natijalarga erishdik va birga yutqazdik. Shunday keyin mag'lubiyatga birgalikda javob berdik. Shu tariqa bir-birimizga yaqinlashamiz va ko'proq ishonishni boshlaymiz», – deya Tuxelning so'zlarini keltiradi VVS.