"Chelsi" - bu klub millionlar insonlarnini futbolga qiziqishiga yana millionlab muxlislarning esa 90 daqiqa ehtiros ila o'z jamoalariga muxlislik qilishga sababchi bo'lgan klub.
"Chelsi" - bu buyuklik sari harakat qilgan va o'z maqsadlari dadil odimlayotgan klub.
"Chelsi" - bu boshqalardan ajiralib turuvchi sodiq va ajoyib muxlislarga ega klub
"Chelsi" - Har qanday omadsizlikdan keyin ham yana oyoqqa turib yuksak marralar sari odimlay oladigan klub.
"Chelsi" - bu kimlar uchundir qalb to'rida jamlangan orzularni amalga oshirish uchun harakat qiladigan klub.
"Chelsi" - bu siz, men va yana millionlab futbol muxlislari uchun dunyodagi eng kuchli klub.
"Chelsi" - bu o'tmishning "qora izlari"ni unutib yangi zafarlarga intilayotgan klub.
"Chelsi" - bu biz har qanday holatda ham faxrlana oladigan klub.
Ha, "Chelsi" haqida har qancha ta'rif bersa kam.Bu klub o'tgan asrning o'rtalarida o'ta achinarli klubga aylanib qoldi.Lekin keyinchalik o'zida kuch va iroda topa olgan "Pensionerlar", "Ko'klar" yoinki "Aristokratlar" deya ataladigan bu klub asta-sekin o'nglana boshladi.Klub 1905-yilning 10-mart kuni tashkil topgan.O'sha vaqtlarda pullarini nimaga sarflashni bilmagan vino zavodi egasi bo'lgan Genri Mirs 1908-yilda Londondan uzoq bo'lmagan Fulhem shaharchasida joylashgan "Stemford Brij" stadionini sotib oladi.Asosan yengil atletikaga mo'ljallangan bu o'yingohni sotib olishga sotib olgan Mirs bu yerdan nima maqsadida foydalanishni bilmaydi.Ammo do'sti Fred Parker stadionni biror futbol klubga ijaraga berishni aytadi.Lekin shu vaqtda Mirsning hayolida ajoyib g'oya paydo bo'ladi : "Men o'zim futbol jamoasi tuzaman".
Kim biladi deysiz balki Mirs o'sha vaqtda o'zi tuzgan jamoa vaqti kelib Yevropa balki dunyoning eng kuchli klublaridan biriga aylanishini, ko'plab sovrinlar qo'lga kiritishini va millionlab insonlarning sevimlisiga aylanishini hayoliga ham keltirmagandir.
"Chelsi" 1940-yilgacha Angliya chempionati baxslarida o'rtacha ishtirok etadi.Bir yildan so'ng esa jamoaning 17 nafar futbolchilari frontga, ikkinchi jahon urishiga safarbar etiladi.Urush tugagach esa jamoaning 12 nafar futbolchisi halok bo'lgani, 4 nafari og'ir yaradorligi va faqatgina 23 yoshli hujumchi Tem Oertasgina tirik va yaralanmay qolgani aniqlanadi.Jamoa shunda ham tushkinlikka tushmaydi hatto o'sha yili jamoa o'tish badalini va futbolchilar maoshlarini to'lay olishmagani uchun bankrot deb e'lon qilinishiga oz qoladi.Lekin shahar aholisi o'z jamoalari uchun pul yig'ib berishadi va "Chelsi" saqlab qolinadi va qaytadan yangilanadi.
Shundan keyin jamoa birin ketin muvoffaqiyatlarga erish boshlaydi.Mamlakatning o'rtamiyona klubidan sovrinli o'rinlarga ilinishga harakat qiladigan jamoaga aylanadi.
Lekin hammasi Rossiyalik biznesmen Roman Abramivich sotib olganidan keyin boshlanadi.Abramovich uning jamoasi eng kuchlilardan biriga aylanishini xohlaydi va "Chelsi" uchun millionlab pullarni sarflashga kirishadi.Balki o'sha vaqtda Abramovichning bu ishidan ko'pchilik xayron bo'lgandir.Chunki o'sha vaqtlarda Angliayada "Liverpul", "MYu" va "Arsenal" kabi klublarning , Yevropada esa "Milan", "Real Madrid", "Yuventus", "Lion" va boshqa klublarning gegemonlik davri edi."Chelsi" kabi klublar esa bu kabi klublardan o'tib bosh sovringa ega chiqishi qiyin masala edi.Lekin "Chelsi" o'zini oqladi va o'ziga sarflagan millionlarni oqlay boshladi.Ketma-ket sovrinlar va muvoffaqiyatli o'yinlari orqali raqiblarning tillarini tishlab qolishiga erisha oldi.
Bugun jamoamiz o'zining 112 yoshini qarshi oldi.Qachonlardir hech qanday maqsadsiz shunchaki foyda olish mqasadida tashlik etilgan klub hozirda millionlab muhlislar uchun sadoqat timsoli, kimlar uchundir esa hayotining mazmuni.
Yillar o'tadi, lekin "Chelsi" bardavon yasharishdan to'xtamaydi.Bu klub boshidan qanday qiyinchiliklarni kechirmagam ammo bu to'siqlarni mardonovor yengib, muvoffaqiyat kalitiga doim erishavergan.
Bugun 112 yoshini nishonlayotgan bu klub faxrlansa arziydi.Chunki ularning har qanday og'ir vaziyatda ham yolg'izlatib qo'ymaydiga biz kabi sodiq va fidoyi muhlislari bor.
112 yoshining muborak "Chelsi".