Dide Desham boshchiligidagi murabbiylar shtabi Fransiya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan o'yinlarida qatnashishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Qizig'i shundaki ro'yxatda ikkinafar "Chelsi" azolari bor, "Real" hujumchisi Karim Benzima esa tarkibga kiritilmagan.
Fransiyaliklar 2 iyun kuni Paragvay bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazsalar, 9 iyunda JCh-2018 saralashi doirasida Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadilar. To'rt kundan so'ng esa Dide Desham shogirdlarini Angliyaga qarshi Fransiyadagi o'yin kutib turadi.
Fransiya termasining qaydnomasi:
Darvozabonlar: Alfons Areola («PSJ»), Benua Kostiy («Renn»), Ugo Loris («Tottenxem Xotspur»);
Himoyachilar: Luka Din («Barselona»), Kristof Jalle («Lion»), Presnel Kimpembe («PSJ»), Loran Koselni («Arsenal»), Benjamen Mendi («Monako»), Samyuel Umtiti («Barselona»), Rafael Varan («Real), Kurt Zuma («Chelsi»), Jibril Sidibe («Monako»);
Yarim himoyachilar: Pol Pogba («Manchester Yunayted»), N’Golo Kante («Chelsi»), Blez Matyuidi («PSJ»), Adrien Rabio («PSJ»), Florian Toven («Marsel»), Mussa Sissoko («Tottenxem»), Korenten Tolisso («Lion»), Dimitri Payet («Marsel»), Toma Lema («Monako»);
Hujumchilar: Usman Dembele («Borussiya» D), Aleksandr Lakazett («Lion»), Olive Jiru («Arsenal»), Kilian Mbappe («Monako»), Antuan Grizmann («Atletiko»).