Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Marko Ameliya faoliyatini “Sanderlend”da davom yettirishi mumkin.
TWM nashri bergan ma'lumotga ko'ra, 34 yoshli darvozabon tez vaqt ichida “Sanderlend”ning tibbiy ko'rigidan o'tadi. Devid Moyes Vito Mannone o'rniga Ameliyani taklif qilmoqda. Mannone jarohati sababli, kamida uch oy davomida maydonga tusha olmasligi ma'lum qilinmoqda.
Marko Ameliyaning oxirgi jamoasi “Chelsi” bo'lgan yedi.[img=]