Gollar muhimligi. Avvalgi mavsum Alvaroning 15ta goli "Real"ga juda qo‘l kelgani aniq. Zero, u aksariyat o‘yinlarda zaxiradan maydonga tushib, Zayniddin Zidan jamoasi joniga oro bo‘ldi.
Qolaversa, Garet Beyl jarohatlangan, Karim Benzema parhezga o‘tirgan va Krishtianu Ronaldu dam olgan paytlar tashabbusni qo‘lga olib, muhim gollar muallifiga aylandi.
Xullas, "Qirollik klubi"ning Morato gollarisiz chempion bo‘lishi amri-mahol edi.
Diego Kosta esa 20ta goli bilan "Chelsi"ga naq 15 ochko keltirdi. Garchi o‘rtacha hisobda Morata ustunroq bo‘lsa-da, Konte nafratiga uchragan hujumchi bu masalada APLning eng yaxshi ko‘rsatkichiga erishganini unutmaslik kerak.
Har holda, Kosta deylik, Garri Keyn, Serxio Aguero, Fernando Lyorente va Jeymi Vardiga nisbatan o‘z jamoasiga 2ta ko‘p ochko taqdim etdi.
Yo‘q, "Chelsi" faqat Kosta xizmatlari evaziga g‘alaba qozonganini ta’kidlash noo‘rin, ammo bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘p narsadan dalolatdir.
Morata esa "Real"ga ochko keltirish bobida Ronaldudan ortda qoldi. Aniqroq aytsak, jamoa yetakchisi o‘z gollari bilan Alvaroga nisbatan 1ta ko‘p ochko taqdim etdi.
Natija. Durang. Kosta ham, Morata ham so‘zsiz, muhim sanalgan ochkolarni keltiruvchi zarur gollar urishni qoyillatadi.
"Ikkinchi qavat"dagi o‘yin. Diyego Kosta - kuchli, tajovuzkor kurashni yoqtiradi. Ammo "Chelsi" o‘tgan mavsum uning "ikkinchi qavat"dagi o‘yinidan naf ko‘rmadi, hisob.
Axir hujumchi 20ta golidan atigi 2tasini havoga sakragan holda urdiki, bu APLda o‘ynovchi goleador uchun juda oz.
Umuman, Diego maydonning xohlagan nuqtasida bosh bilan yomon o‘ynadi - bor-yo‘g‘i 25 foiz "duel"ni o‘z foydasiga hal qildi, Moratada esa bu ko‘rsatkich 50 foizga teng.
DAVOMI BOR»»»»»