Chempionlar Ligasi C guruhi 5-turidan o'rin olgan "Qarabax" va "Chelsi" o'yini mehmonlarning yirik 0:4 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi
Shu tariqa "Chelsi" muddatidan oldin Pley-offga yo'l oldi.Dastlab o'yinning 19-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sadigov Villianga o'z jarima maydoni ichida fol ishlatdi.Hakam esa futbolchini maydondan chetlatib,penalti belgiladi.11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Eden Azar penaltini aniq ijro etdi- 0:1. 36-daqiqaga kelib, Villianga endi Azar ajoyib pasi orqali gol urish imkoniyatini yaratib berdi- 0:2. O'yinning 1-bo'limi shu tariqa yakunlandi. Ikkinchi bo'limda yana Villianga nisbatan fol ishlatildi va penaltini Sesk Fabregas aniq ijro etdi- 0:3. O'yinga so'ngi nuqtani 85-daqiqada Villian uzoqdan bergan zarbasi orqali qo'ydi.Hisob 0:4. Endi onlayn jadvalda "Chelsi" 1-o'ringa chiqib oldi.Eslatib o'tamiz, birozdan keyin guruhning 2-uchrashuvi Madridda "Atletiko" va "Roma" o'rtasida kechadi
Qarabax (Ozarbayjon) – Chelsi (Angliya) 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 21' Azar (P) , 0:2 – 36 'Villian (Azar), 0:3 – 73' Fabregas (P) , 0:4 – 85 'Villian.
Qarabax – Shexich, Jeznichak, Agoli, Medvedev, Sadigov, Michel, Garaev, Rishard, Gere (Yunuszade, 81), Madatov (Diniev, 46), Ndlou (Kintana, 85).
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Aspilikueta, Rudiger Alonso (Kexill, 58), Kante (Drinkuoter, 75), Zappacosta, Pedro, Fabregas, Villian. Azar (Morata 65')
Ogohlantirishlar: Jeznichak (41), Alonso (53), Medvedev (71).
Chetlatish: Sadigov (19).