Ha bugun "Chelsi" klubining eng muhim o'yinchisi, yuragi, maydondagi eng eng eng kerakli futbolchisi, "Chelsi" yulduzi nafaqat "Chelsi" balki APLning, dunyoning eng yaxshi futbolchisidan biri, "Chelsi" klubining "o'ninchisi", muhlislarining umuman barchaning sevimlisi va yoqimtoyi Eden Azarning tavallud topgan kuni
Avvalambor barchaga Assalomu Alekum Chelseafans.Uz ahli, "Chelsi" klubining ashaddiydanda ashaddiy( huddi men kabi:-) ) muhlislari barchani kirib kelgan 2018-yil bilan muborakbod etaman.Ammo bugun asosiy so'zimiz bayramni-bayramga ulagan holatda Eden Azarning tavallud ayyomi haqida va shu saytda (Azarning o'zi bularni ko'rmayotgan bo'lsada:-) )shu munosabat bilan g'oyibona sizlarni shu yerga jalb etmoqdamiz.Ha ko'pchiligimiz, balki barchamiz Eden Azar hayoti haqida ko'p narsalarni bilamiz, o'qiganmiz.Ammo shularni yana bir bor yodga olib o'tish menimcha barchaga ma'qul keladi.
1991-yilning 7-yanvar sanasida Belgiyaning La Louviere shahrida qahramonimiz Eden Azar futbolchilar oilasida dunyoga kelgan.Lekin u Valloniyaning kichik bir shahri Bren-le-Konte da o'sib ulg'aygan.Uning futbolga kirib kelishida otasi Terri Azar va onasi Ketrin Azarlar katta rol o'ynagan.Chunki ota-onasi ham futbolchi bo'lishgan va farzandi ham o'zlari istagandek futbolchi bo'lib yetishishini istashgan.Otasi Belgiyaning "Luevos" klubida yarim himoyachi bo'lib uzoq yillar to'p tepgan.Onasi esa Belgiyaning 1-divizionida to'p tepgan, pozitsiyasi esa hujumchi bo'lgan.Biroq Ketrin o'g'li Eden 3 oylik bo'lganida futbolni tark etishga majbur bo'ladi.Ota-onasi faoliyatini butunlay yakunlaganidan so'ng Sport Professori lavozimida ishlashgan.Edenning o'zidan kichik 3 ta ukasi bor.Ular Torgan, Kilian va Itan Azarlardir.Otasi Terri Azar sport professorligi lavozimidan farzandlariga ko'proq vaqt ajratish uchun voz kechadi va ularni kelajagini qurish maqsadida ular bilan ko'proq shug'ullana boshlaydi.Qaysidir ma'noda Terri o'g'illarini to'g'ri rivojlanishida shu tariqa katta rol o'ynaydi.Ha ular oilaviy "Futbol jamoasi" edilar.
"Lill"dagi yuqori texnikiga ega tezkor o'yinlari bilan ko'plab grand klublar e'tiborini tortgan yosh Eden 21 yoshidayoq "Chelsi" klubi bilan shartnoma imzolaydi.U bu transferdan so'ng o'z twitteriga shunday deb yozib qoldiradi: -"Men Chempionlar Ligasi g'oliblari safiga qo'shilmoqdaman".Uni esa yorqin kelajak kutayotgandi.Azar 2012-yil 12-avgustda Angliya Superkubokida debyut qiladi.O'sha o'yinda "Chelsi" "Man Siti"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.Shundan so'ng APL doirasida ilk turda "Uigan" klubiga qarshi o'yin Eden uchun omadli boshlanadi.Bir golga asistent bo'lgan Azar, jamoasi uchun penalti ishlab beradi va hisob 2:0 bilan yakuniga yetadi. Shundan 1 tur o'tib o'zining ilk golini "Nyukasl"ga penaltidan yo'llab qo'yadi.APL tarixida dastlabki 3 turdayoq ketma-ket o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lish orqali tarixga kiradi.Qizig'i shundaki "Chelsi" uchun ilk golini ham "Nyukasl"ga urish bilan boshlagan Azar, ilk xet trikini ham shu klubga qarshi o'yinda yo'llaydi.Qiziq shunday emasmi? "Nyukasl" uning yoqimtoy klubi). Shunday qilib 1 yil o'tmasdanoq Eden "Chelsi" asosiy tarkibiga mos ekanini isbotlashni boshlaydi. 2-yilga o'tib esa Azar "Chelsi" klubi yulduzi, yetakchisiga aylangan edi.Uning bir o'zi o'yin taqdirini hal eta oladigan darajaga yetib chiqqan edi.Ha u mehnat qildi va bu natijalarga birma-bir erishishni boshlaydi. Azar "Chelsi" bilan Yevropa Ligasini yutdi, APL da 2 bor oltin medallar sohibi bo'ldi.Liga kubogini yutdi.Barcha kuboklarda "Chels"ning g'alabalariga katta hissa qo'shdi.
Hozirda ko'plab nashrlar uning yozda "Real" klubiga o'tishini yozmoqda.Biroq, bunday xabarlar har doim Azar atrofida bo'lib kelgan.Eden esa hozirgacha "Aristokratlar"ga sodiq va ular bilan birga.Uning asosiy maqsadi "Chelsi" bilan Chempionlar Ligasida g'olib bo'lish ekanligini uning o'zi ko'p bora ta'kidlagan.Kim biladi balki shu yili "Chelsi" Chempionlar Ligasini yutib olar.Har holda Eden Azar bu yil har qachongidanda yuqori saviyadagi formada bo'lib turibdi.Himoyachilar uni to'xtatishni faqat "qoida buzish" orqali amalga oshirmoqda."Chelsi" Chempionlar Ligasi qur'asiga ko'ra 1/8 bosqichda "Barselona" bilan to'qnash kelganidan xabardorsiz.Sport mutaxasislari esa "Chelsi"ning vingeri Eden Azar bu o'yinda "kalit" bo'lishini ta'kidlamoqda.Ha agar "Chelsi" asosiy maqsadi Chempionlar kubogi ekanini bildirib qo'yishni istasa, Eden boshliq "aristokratlar" "Barselona"ni mag'lub etishiga to'gri keladi.
Bugun Azar 27 yoshini qarshi oladi.U yana qancha klubda qoladi yoki ketadi? Bu faqat Edenga ma'lum.Ammo uni biz har doim qo'llab kelganmiz, omad tilaymiz.Unga"Chelsi" da zafarlar tilaymiz.Shuni qo'shimcha qilish mumkinki, Eden Azar hozirda dunyoning eng kuchli 3 futbolchisidan biridir.Bu "Chelsi" muhlislari yoki "Chelsi"ga yaqin insonlar tomonidan aytilgan so'zlar emas.Buni Futbol ekspertlari ta'kidlab kelmoqda.Xususan Joze Mourinyo Azar haqida yuqoridagi jumlalarni shunday aytgandi: -"Dunyoda Eden bilan bir xil darajadagi faqat 2 futbolchi bor! Bular Messi va Ronaldu".Ha u haqiqattan ham dunyoning eng kuchli 3 ligida turuvchi futbolchi.Shunday futbolchi bizning suyukli klubimiz "Chelsi"da ekani biz fanatlarning yutug'idir.Shu bilan birga sharhlovchimiz Davron Fayziyevning bir gaplari doim esimda.2016/17 mavsum ya'ni o"tgan yilgi chempionlik mavsumida "Myu" "Stemford"da 4:0 hisobida mag'lub etilganida gollardan biriga Eden Azar mualliflik qilgandi.O'sha golga Davron aka shunday reaksiya bildirgan edi :
-"Oddiy o'ynashga qiladi hazar, EDEN AZAR"
HAPPY BITHDAY TO YOU EDEN HAZARD
Angliyadagi fanatdoshlarimiz esa uni shunday atashadi :
GARDEN OF EDEN
ChelseaFans.Uz uchun maxsus FernaTor tayyorladi
(E'tiboringiz uchun rahmat)