Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyati yarim himoyachi Arturo Vidalni mavsum yakuniga yetganidan so‘ng transferga qo‘ymoqchi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, uning xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda.
Chililik futbolchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida nihoyasiga etadi va uning o‘zi jamoasini o‘zgartirish niyatida emas. Biroq bu myunxenliklarning rejalariga o‘zagartirish kiritish uchun sabab bo‘lolmaydi.
Kelgusi mavsumdan “Bavariya”ga “Shalke-04”dan Leon Goretska kelib qo‘shiladi va rahbariyat o‘rta chiziq etarlicha kuchga ega deb hisoblamoqda.