Rasman! “Xall Siti” yarim himoyachisi Rayan Meyson faoliyatini yakunladi.
Yarim himoyachini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan mutaxassislar, unga futboldagi faoliyatini yakunlashni maslahat berishgan.
Bunga sabab, 2017 yilning 22 yanvar kuni “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda raqib himoyachisi Gari Keyxill bilan Meysonning to‘qnashuvda olgan jarohati bo‘ldi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng 26 yoshli futbolchining bosh suyagi yorilgani ma’lum bo‘ldi.
“Chelsi” butun jamoa bo‘lib Rayan Meysonga kelajakdagi rejalariga omad tilaydi!”, - deyiladi “aristokratlar”ning rasmiy tvitterida.