Fransiya terma jamoasi va "PSJ" klubi sobiq bosh murabbiyi Loran Bilanga Angliyadan bir qator takliflar bo'lmoqda.
Jumladan, 52 yoshli mutaxassisni "Everton" jamoasi jiddiy tarzda o'ziga taklif qilyapti.
Bundan tashqari, Fransiyalik mutaxassis bilan "Chelsi" klubi ham qiziqmoqda. Katta extimol bilan u "Aristokratlar" ni tanlashi ta'kidlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Blan 2016-yildan beri ishsiz yuribdi.