"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLda hakamning video-yordamchisi tizimini (VAR) joriy qilish bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma natijalari haqida gapirib berdi.
"Manchester Siti" bu tizimning joriy qilinishiga rozi edi, ammo boshqa top-klublar, xususan "Manchester Yunayted" va "Chelsi" bunga qarshi chiqishdi. Bazan shunaqasi bo'lib turadi, nima ham qilardik.
Butun dunyoda hakamlarga yordam kerak, chunki zamonaviy futbol juda tezlashib ketdi", – deb Gvardiola so'zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Eslatib o'tamiz, juma kuni o'tkazilgan so'rovnomada klublar VAR tizimini APLda joriy qilinishiga qarshi chiqqan edilar. Endi u faqat Angliya Kubogi va Liga Kubogida qo'llanadi.