2021-yilda yangi format bo'yicha o'tkaziladigan Klublar O'rtasidagi Jahon Chempionatining 10 ta ishtirokchisi ma'lum bo'ldi.
El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, turnirda «Real», «Barselona», «Yuventus», «PSJ», «Bavariya», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» bilan birga Gollandiyaning «Ayaks», Italiyaning «Inter» va «Milan» klublari ham taklif olgan. Bunday tanlov klublarning ichki va xalqaro arenalardagi tarixiy yutuqlaridan kelib chiqqan.
Qolgan ikkita yo'llanma uchun «Manchester Siti», «Chelsi», «Atletiko», «Portu», «Benfika» va «Borussiya» D klublari davogarlik qilmoqda.