«Manchester Yunayted» klubining sobiq himoyachisi va murabbiy Gari Nevill g'alati va'da berib, barchani hayron qoldirdi. Endi u o'z tilidan tutilishi mumkin.
Gap shundaki, 43 yoshli mutaxassis «Liverpul» va «Chelsi» klublarining joriy mavsumdagi muvaffaqiyatiga ishonmayapti.
Xususan, Gari agar «Liverpul» Chempionlar Ligasi finalida «Real» ni mag'lub etsa va «Chelsi» Angliya Kubogi finalida «Manchester Yunayted» dan ustun kelsa, mobil aloqa mavjud bo'lmagan va wi-fi yo'q bo'lgan hududga bir yilga ravona bo'lishni va'da bergan.
Avvalroq, u «Manchester Yunayted» APL jadvalida «Manchester Siti» dan oldingi o'rinni egallashi va ko'proq sovrin yutib olishi borasida bahs boylab, yutqazgan edi.