Italiya futbol federatsiyasining sobiq rahbari Karlo Tavekko JCh-2018 saralashidagi inqiroz sabablari haqida gapirdi.
Italiya terma jamoasi JCh-2018 yo'llanmasidan mahrum bo'lganidan 6 oy o'tgach, mulozim o'z xatosi sobiq bosh murabbiy Antonio Kontening maoshini oshirmagani ekanini aytdi.
«Eng katta xatom, Antonio Kontening maoshini 4 milliondan 6,5 million evroga oshirmaganim bo'ldi. Mana shu 2,5 million evroni uchta o'rtoqlik o'yinida ishlab olardik, Konte esa terma jamoadan ketmagan, Italiya esa Jahon Chempionatida ishtirok etgan bo'lardi», — deb Tavekko so'zlarini keltirmoqda Gazzetta dello Sport.
Italiya terma jamoasi JCh-2018 saralashida Ispaniyadan keyin ikkinchi bo'ldi. Pley-off bahslarida esa Shvetsiya to'sig'idan o'tolmagan edi.