«Real» «Chelsi» vingeri Eden Azarga muqobil transfer nishonini topdi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko'ra, «qirolli klubi» 27 yoshli belgiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolay olmagan taqdirda, asosiy etiborni «Manchester Siti» yetakchilaridan biri Rahim Sterlingga qaratadi.
23 yoshli Sterling APLning ushbu mavsumida 7 ta o'yin o'tkazib, 4+2 mahsuldorlik ko'rsatkichini qayd etib turibdi. «Shaharliklar» uni 2015 yilda «Liverpul»dan 44 million funtga sotib olishgandi.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha Azar jurnalistlar bilan suhbatda «Real» orzusidagi jamoa ekanini yana bir bor takidlagan, shu bilan birga hali kelajak borasidagi rejalari aniq emasligini aytgandi.