«Atletiko» rahbariyati Menxengladbaxning «Borussiya» klubi hujumchisi Torgan Azarni jamoaga olib kelish haqida o'ylamoqda, deb xabar tarqatdi Bild.
Azar 2014 yil yozida «Chelsi»dan ijara asosida «Borussiya»ga kelib qo'shilgan, yarim yildan so'ng transfer ishi to'la yakunlangan edi. Joriy mavsumda Belgiya termasi hujumchisi Bundesliganing 12 o'yinida 8+5 mahsuldorlik natijasini qayd etdi (uchta gol penaltidan urilgan). 25 yoshli vinger bu natija bilan to'purarlar ro'yxatida to'rtinchi o'rinda boryapti.
Azarning nemislar bilan bitimi 2020 yil yozigacha mo'ljallangan. Avvalroq unga shu nomdagi Dortmund klubi, shuningdek, «Sevilya» va «Valensiya» ham qiziqayotgani aytilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Torganning akasi - «Chelsi» azosi Eden Azar ham Madridga, «Real» klubiga kelishni orzu qiladi.