UYEFA 2021 yildan buyon klublar o‘rtasida uchinchi turnirini tashkil etishni ma’qulladi.
Yangi turnir Chempionlar Ligasi va Yevropa ligasi kabi o‘tkaziladi. Guruh bosqichida 32 jamoa ishtirok etadi.
Ushbu formatda guruh bosqichi (8 ta guruhdan bo‘lib har bir gurhuda 4 ta jamoa o‘rin egallaydi), 1/8 final, chorak final, yarim final va final. 1/8 finalga qadar qo‘shimcha pley-off bosqichi bo‘ladi. U Yevropa Ligasi guruhlarida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar ishtirok etadi.
Yangi turnir 15 o‘yin kunidan iborat bo‘lib, 141 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi - xuddi Yevropa ligasida bo‘lgani kabi. Yangi turnir g‘olibiga Yevropa ligasining keyingi bosqichiga yo‘llanma beriladi.
Uchrashuvlar payshanba kunlari bo‘lib o‘tadi. Shunday qilib, Chempionlar Ligasi seshanba va chorshanba kunlari, Yevropa ligasida va payshanba kungi yangi musobaqada o‘ynaladi.
Barcha klub turnirlarining finallari bir hafta ichida - chorshanba kuni (yangi musobaqa), payshanba kuni (Evropa ligasi) va shanba (Chempionlar ligasi) da o‘tkaziladi.
Manba: Uefa.com