«Bavariya» «Chelsi» dan yarim himoyachi Kallum Hadson-Odoini sotib olishga urinishda davom etadi. Bu haqda Myunxen klubi direktorlar kengashi raisi Karl-Hayns Rummenigge ma'lum qildi.
Yanvarda londonliklar 18 yoshli inglizni 35 mln funtga sotishga ko'nishmagan edi.
«O'z vaqtida biz birinchi emas, ikkinchi urinishda xaridni amalga oshirgan transferlarimiz ham bo'lgan. Bu transfer ustida ishlashda davom etamiz.
Borligingni bildirib turish tekinga tushmaydi.
«Bavariya» ga o'z ishining ustalari kerak va Hasan Salihamijichning (klub sport direktori) bu futbolchi bo'yicha ishonchi komil», – degan Rummeniggening so'zlarini nashr qildi Goal.com.