"Monako" xavbeki Sesk Fabregas "Chelsi"dagi sobiq jamoadoshi Eden Azarning "Real"ga o‘tishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
"Azar "Chelsi" safida eng kamida yana 1,5 yil qolishi mumkin va u hozir jamoada baxtli. Agar u Londondan ketishni xohlasa, faqat "Real"ga o‘tishi mumkin va u buni o‘zi hal qilishshi kerak.
Men unga omad tilayman", -deydi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq belgiyalik futbolchi mavsum yakunlangach "Real"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum "aristokratlar" safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.