"Manchester Yunayted" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Villianga qiziqishda davom etmoqda.Bu haqida Daily Express nashri xabar bermoqda.
Shu yili yozda ham "MYu" Villianni sotib olishga harakat qilib ko'rgan lekin harakatlari besamar yakunlangan edi.Endilikda esa "Qizil iblislar" yana Villian transferiga qaytishgan.
"MYu" bosh murabbiyi Joze Mourino shaxsan o'zi Braziliyalik futbolchini jamoasida ko'rishni xohlamoqda.Ma'lumotlarga ko'ra "MYu" Villian uchun 25 million funtdan ko'proq mablag' berishga rozi.
Eslatib o'tamiz Villianning o'zi "Chelsi"dan ketishni xohlamasligini bir necha bor OAV orqali ma'lum qilgan edi.
Manba:www.Dailyexpress.co.uk